USD
EUR
RUB

Tashabbusli budjet bo'yicha qo'llanma

Hurmatli fuqaro!

“Openbudget.uz” axborot portal orqali “Tashabbusli budget” jarayonlarida ishtirok etish bo’yicha qisqacha ko’rsatmalar bilan tanishing.

1-Bosqich

Siz birinchi navbatda axborot portalda ro'yхatan o'tishingiz lozim, bu esa anonim tarzda taklif qoldirish yoki ovoz berish holatlarini oldini olinishida juda muhim. Belgilangan meʼyorlarga ko'ra, ushbu jarayonlarda O'zbekiston Respublikasining voyaga yetgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

2-Bosqich

Taklif qoldirish jarayonlari faqatgina 20 kun davom etishini inobatga olgan holda ushbu jarayonda taklif qoldirish imkoniyatiga egasiz.

3-Bosqich

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar tuman/shaharda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan 20 kun davomida moderatsiyadan o’tkaziladi.

4-Bosqich

Moderatsiyadan o’tkazilgan takliflarga axborot portali orqali 20 kun davomida ovoz berish jarayoni o'tkaziladi.

5-Bosqich

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, har bir hududda eng ko'p ovoz to'plagan takliflar g'olib deb topiladi va takliflarga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga qarab saralab olinadi va moliyalashtiriladi.